She’rlar bo‘limi

Vatan haqida she’rlar

Vatan, yurt, ona diyor va milliy tuyg‘ular haqidagi sara she’rlar to‘plami.

Vatan haqida yozilgan she’rlar inson qalbidagi yurt muhabbati, sog‘inch, faxr va sadoqat tuyg‘ularini ifodalaydi. Quyida shu mavzudagi mashhur va ta’sirli she’rlar jamlangan.


Vatan — Kimligingni bilmay sevaman

Ko‘hna tol beshikdan boshlangan olam.
Senga iddaolar qilmay sevaman,
Bir kuni singlim deb, bir kuni onam-
Vatan Kimligingni bilmay sevaman.

To‘zg‘iydi to‘ningdan tortgan to‘ralar,
Kecha tuzingni yeb, sotgan to‘ralar.
Endi pushaymonda tuynuk mo‘ralar,
Men sening yoningdan jilmay sevaman.

Menga yering suyuk, osmoning suyuk.
Boqsam teng to‘rttala tomoning suyuk,
Tovonimga kirgan tikoning suyuk,
Kaftdan zirapchang ham olmay sevaman.

Cho‘ksang, tur singlim deb soching silayman,
So‘ksang opam deyman umring tilayman,
Sendan ranjimayman gina qilamyman,
Hoh ho‘mray hoh jilmay birday sevaman.

Vatan — Yuragimning olampanohi,
Bu dunyo bukri bir jiydangning shohi!
Ko‘zim yoshi bilan sog‘orib gohi,
Ko‘ksimda o‘stirgan gulday sevaman.

Bu yorug‘ jahonda yo‘g‘u borimsan,
Tilimning ostida novvot-zarimsan,
Sen mening yagona Payg‘ambarimsan,
Men Bilol, Men Habash — Qulday sevaman!!!


Vatan — bizning uyimiz

Vatan — bizning uyimiz,
Vatan — bizning ko‘chamiz,
Soylardagi suvimiz,
Maza qilib ichamiz.

Vatan — bizning tog‘imiz,
Olma-anor bog‘imiz,
Bug‘doy, arpa dalamiz,
O‘ynab maza qilamiz.

Oltin to‘la konimiz,
Tandir to‘la nonimiz.
Vatan — maktab-onamiz,
O‘qishni o‘rganamiz.


Yana vatan haqidagi she’rlar

Bu bo‘limga keyinchalik yana yangi she’rlar qo‘shiladi. Vatan, ona yurt, mustaqillik, bayroq va milliy ruh haqidagi eng sara she’rlar shu sahifada jamlanadi.

📚 O‘xshash she’rlar