She’rlar bo‘limi

Do‘stlik haqida she’rlar

Do‘stlik, sadoqat va haqiqiy do‘st haqida yozilgan ta’sirli she’rlar to‘plami.

Do‘stlik haqida yozilgan she’rlar inson hayotidagi sadoqat, mehr va samimiylik tuyg‘ularini ifodalaydi. Quyida do‘stlik mavzusidagi mashhur va ta’sirli she’rlar jamlangan.


Ey do‘stim

Mol-davlat o‘tkinchi, kelib ketadi,
Omading kulsa do‘st to‘lib ketadi,
Qoqilsang ustingdan kulib ketadi,
Yashashga nisbatan shashting tushmasin…

Do‘stlar yaxshilarni avaylab asrang.
Salom degan so‘zni salmog‘in o‘lchang.
O‘lganda yuz soat yig‘lab turguncha,
Uni tirigida bir soat yo‘qlang.

Bir tomchi suvdan favvora bo‘lmas,
Do‘sti bor inson hech qachon bechora bo‘lmas.
Ishonchin so‘zlariga, rostdir hammasi,
Dunyoda hech bir do‘st sendek bo‘lmas.

Ko‘nglim durlarini sizga atadim,
Mehringiz nuridan isinib keldim,
O‘zimni qaydadur ojiz sezsam,
Sizga do‘stim deya suyanganim keldi.

Do‘st do‘stga jonini qiladi qalqon,
Do‘stdan ham bormikin eng yaqin inson,
Do‘st topsang saqlagin fido etib jon,
Do‘stingni qalbingdan chiqarmoq oson.


Ey do‘st

Baxtning ildizi bu sabr degani,
Ey do‘st besabrlik jabr degani,
Yaxshilik oxiri qadr degani,
Tushun, zahmatlar ma’nosin ey do‘st.

Sevgingni rad etmoq gunohdir azal,
O‘zga yurt vatandan bo‘lmas avzal,
Eng avval dilxonang bezatgin go‘zal,
Topgaysan har dardning davosin ey do‘st.

Atrofga boq sendan pastroqalar ko‘p,
Dushmanlar ichida do‘stroqlar ham ko‘p,
Gulzorlar ichida tuzoqlar ham ko‘p,
Olarsan rohatlar jazosin ey do‘st.

Sen uchun Ahaddan shahrin nasihat,
Bir yaxshi bir kuni yomon vaziyat,
Bir kuni chekmayin desang aziyat,
Tanging olamlar podshosin ey do‘st.

Ey do‘st yaxshilikni umri uzoqdur,
Yomonning har bosgan izi tuzoqdur,
Yolg‘onchilik nedur oxiri chohdur,
Xato yozma ko‘ngil inshosin ey do‘st…


Agar

Agar do‘sting yoningda bo‘lsa,
Quloq solsa har bir so‘zingga,
Yolg‘on qo‘shmay so‘zlaydi u,
Tikka boqib turib ko‘zingga.

Agar do‘sting yoningda bo‘lsa,
Hiyonatlar qilmaydi ta’sir,
Yomonlarning o‘tmaydi zahri,
Dushmaning ham ololmas asir.


Yaxshi bo‘lib ketar

Yaxshi bo‘lib ketar, yaxshi bo‘lib ketar,
Bu dardsiz so‘zlardan yurak to‘lib ketar.
Gar do‘stim ekansan bugundan so‘zla,
Yaxshi bo‘lguncha to odam o‘lib ketar.

G‘amxo‘rlik qilishga o‘zga so‘z yo‘qmi?
So‘niq ko‘zlarimni ko‘rar ko‘z yo‘qmi?
Siniq toqatimni tiklay olmasdan,
Abgor turganimdan yo ko‘ngling to‘qmi?

Hol so‘rab kelganda do‘stning oldiga,
Do‘st degan tushadi do‘st ahvoliga,
Bir nafas o‘tirgay birga xo‘rsinib,
Qarab ming bir yonib o‘chgan holiga.

Hech qachon so‘zlama yolg‘on so‘zlardan,
Bo‘lmagin begona yomon do‘stlardan,
Do‘st bo‘lsang o‘lmasman umid shamimni,
Ming birinchi bora yoqmay so‘nmasman.


Do‘stim qayg‘urma

Qo‘y bag‘rim tig‘lama,
Ko‘z yosh to‘kib yig‘lama,
Yolg‘izman deb kuyunma,
Do‘stim qayg‘urma men bormanku.

Sevgim xiyonat qildi deb,
Yuragim jarohat qildi deb,
Ko‘nglim karaxt qildi deb,
Do‘stim qayg‘urma men bormanku.

Do‘stim sening darding,
Yuragim qilar g‘amgin,
Qiz kammi bu dunyoda,
Do‘stim qayg‘urma men bormanku.

📚 O‘xshash she’rlar