Ustozlar haqida she’rlar
Ustozlar, muallimlar va ta’lim bergan insonlar haqida yozilgan ta’sirli she’rlar to‘plami.
Ustoz haqida yozilgan she’rlar inson hayotida bilim bergan muallimlarga hurmat, minnatdorlik va ehtirom tuyg‘ularini ifodalaydi. Quyida ustozlar haqida mashhur va ta’sirli she’rlar jamlangan.
Birinchi ustoz
Qalam tutib qo‘limga ilk bor,
Yozuv chizuv o‘rgatgan ustoz!
Eslagaymiz biz sizni ko‘p bor,
Ta’lim bergan birinchi ustoz!
Bexuda ketmadi qilgan mehnatlar,
Siz uchun yaralsin bari rohatlar.
O‘quvchimas sizga go‘yo farzandlar,
Jon fido aylagan birinchi ustoz!
Bizni yetaklagan kamolot sari,
Bilim berganida ketmagin nari.
Aylanar haqiqat bularning bari,
Bilimlar chashmasi birinchi ustoz!
Ko‘p ozorlar bersak ham sizga,
Barcha bilganlaringiz o‘rgatdingiz bizga.
Bolada sho‘xliklar qiladi menga,
Deb yana boshimiz silagan ustoz!
Hanuz sog‘inaman yoshlik chog‘larim,
Deysiz: “Bular mening o‘quvchim.”
Ko‘chada ko‘rganda o‘g‘il-qizlarim,
Qayta o‘qisaydim birinchi ustoz!
Bahorlar qaytadi, yoshlik qaytmaydi,
O‘tgan bolaligim yoddan chiqmaydi.
Beg‘ubor damlarim kutib tursaydi,
A’lo baholarni olardim ustoz!
Shamshod Safar o‘tdi yoshliging,
Ko‘p beg‘ubor, ko‘p sho‘xliging.
Armon bo‘ldi aziz maktabing,
Siz ardoqda birinchi ustoz!
Muallim — Abdulla Oripov
Muallim haqida so‘zim ushbudir:
Muallim kamolot ichra ko‘zgudir.
O‘qidim Gerodot, tarixni ko‘p bor,
Forobiy, Danteni takror va takror.
Barini o‘qidim, lol qoldi aqlim,
Bariga ustozsan o‘zing, muallim.
Alisher qalbiga solgan sehr-fayz,
Sensan, ey muallim, ustoz Abul-Lays.
Qutlug‘ xonadonda qutlug‘ kalom bu,
Hamid Olimjon bu, G‘afur G‘ulom bu.
Buyuk Temur sendan topgandir ta’lim,
Sen shundoq aziz zot, aziz muallim.
Rost aytsam, o‘zingsan eng avval daho,
Sen hayot ganjida durri bebaho.
Ulug‘ ayyomingda she’riy kalom bu,
Shogirdlar nomidan qutlug‘ salom bu.
Aziz muallim
Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.
📚 O‘xshash she’rlar
Do‘stlik haqida she’rlar
Do‘stlik, sadoqat va haqiqiy do‘st haqida yozilgan ta’sirli she’rlar to‘plami.
Ona haqida she’rlar
Onajon, ona mehri, sog‘inch va mehr-oqibat haqidagi ta’sirli she’rlar to‘plami.
Otalar haqida she’rlar
Otalar, ota mehr-muhabbati, ota duosi va ota siymosi haqidagi ta’sirli she’rlar to‘plami.
Sevgi haqida she’rlar
Sevgi, muhabbat haqida yozilgan ta’sirli to‘plami.
Vatan haqida she’rlar
Vatan, yurt, ona diyor va milliy tuyg‘ular haqidagi sara she’rlar to‘plami.