Sevgi haqida she’rlar
Sevgi, muhabbat haqida yozilgan ta’sirli to‘plami.
Men uchun ham o‘zingni asra — Ahad Qayum
Sevdim degan so‘zingni asra,
Meni kutgan ko‘zingni asra,
Seni topgum, yoningga borgum,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Asra, dilda muhabbatingni,
Asra menga ko‘ngil xatingni,
Menga atab hamma gapingni,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Ko‘ksingdan otilsa ming faryod,
Seni ko‘p yig‘latsa bu hayot,
Sabr qil, topmasang bir najot,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Sinab bir bor va’dalar kuchin,
Dildan olmay xatolar o‘chin,
O‘rtada sof sevgimiz uchun,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Uzun yillar kitobin yopgum,
Bir kun yig‘lab izlaring o‘pgum,
Bir kun seni baribir topgum,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Yurakka in qurmayin qayg‘u,
Hayotingga solmagin og‘u,
Sendan bitta iltimosim shu,
Men uchun ham o‘zingni asra.
To‘ldir jonim qalbingni nurdan,
Go‘zal bo‘lsin tunlaring kundan,
Sevsang agar Ahadni chindan,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Sensizlikka o‘rganib qoldim
Sen yo‘q sensizlikka o‘rganib qoldim,
Ungacha ayriliq o‘tida yondim.
Hammadan, hattoki o‘zimdan toldim,
Endi sensizlikka o‘rganib qoldim.
Lek hamon yolg‘izman yo‘qsan yonimda,
Misli bir azobsan yarim jonimda.
Endi iloji yo‘q qaytish yoninga,
Sen yo‘q sensizlikka o‘rganib qoldim.
Endi faqat va’dalaring qiynar meni,
Sog‘inaman har erta tong o‘ylab seni.
Tashlab ketding, o‘ylamading jonim meni,
Yolg‘izginam sensizlikka o‘rganib qoldim.
Seni jonim dunyolarga alishmasdim,
Sendan boshqa go‘zallarni hech ko‘rmasdim.
O‘zga bilan ketishingni men bilmasdim,
Sen yo‘q mana sensizlikka o‘rganib qoldim.
Jonim seni baxtga to‘lib sevgandim,
Alloh guvoh chin dilimdan sevgandim.
Sevgimizni qadriga yetasan deb bilgandim,
Endi kechdir sensizlikka o‘rganib qoldim.
Mana bugun ajraldik biz ikki tomon,
Ko‘rolmasdan sog‘inaman seni yomon.
Endi senga qaytolmayman sevsamda hamon,
Sen yo‘q sensizlikka o‘rganib qoldim.
Yurak ham yolg‘izlikka ko‘na boshladi,
Menga aytgan so‘zlaring ko‘nglim g‘ashladi.
Mendan ketmoqlikni ko‘ngling hushladi,
Mayli ketgin sensizlikka o‘rganib qoldim.
Senku, sevgim, bo‘lajak yorim
Tunlar uxlay olmay o‘ylayman seni,
Kunduz uchratolmay o‘ylayman seni.
Barcha she’rlarimda so‘ylayman seni,
Senchi, sevgim, eslaysanmi hech?
Xayol og‘ushi tinch qo‘ymaydi inim,
Chaqirsa eshitmay qolaman singlim.
Seni unutolmay bezovta ko‘nglim,
Senchi, sevgim, izlaysanmi hech?
Balki bu hayotning menga sinovi,
Balki xatodir bu qilgan tanlovim.
Kimlardir buning uchun sochar olovin,
Senchi, sevgim, yonganmisan hech?
Sevdimu sevilmay bo‘ldim ovora,
Masofamiz uzoqlashib borar tobora.
Seni unutolmay yurak ming pora,
Senchi, sevgim, suyganmisan hech?
Nega aytgin sen mendan yiroq,
Nechun meni qiynaydi firoq.
Sevamanu bilmayman biroq,
Senchi, sevgim, sevganmisan hech?
Bo‘ldi bu mening qat’iy qarorim,
Jim chidab yurishdan bitdi madorim.
Senikidir bilgin borlig‘im, borim,
Senku sevgim bo‘lajak yorim!
Bugun sendan ko‘ngil qoldi
Bir chekkada yig‘lar sevgi,
Hijronlarga kunim qoldi.
Baxtim eding ishongin rost,
Bugun sendan ko‘ngil qoldi.
Sarson bo‘ldi yurak yana,
Hasatlardan dilim yondi.
Tinglamasdan ketding netay,
Butkul sendan ko‘ngil qoldi.
Umrbodga yoringman deb,
Yo‘lda yakka ishqim qoldi.
Osmon bo‘lma sal pastlagin,
Bugun sendan ko‘ngil qoldi.
Sen u tomon men bu yonda,
Farzandlarim qaqshab qoldi.
Bag‘ritoshlik qilma buncha,
Ishon sendan ko‘ngil qoldi.
Duo qilar edi onam,
Otam mahzun bo‘lib qoldi.
Qon yig‘latdi sen bevafo,
Bugun sendan ko‘ngil qoldi.
Yig‘lar yurak bo‘lib g‘amgin,
Qara sendan ko‘ngil qoldi.
📚 O‘xshash she’rlar
Do‘stlik haqida she’rlar
Do‘stlik, sadoqat va haqiqiy do‘st haqida yozilgan ta’sirli she’rlar to‘plami.
Ona haqida she’rlar
Onajon, ona mehri, sog‘inch va mehr-oqibat haqidagi ta’sirli she’rlar to‘plami.
Otalar haqida she’rlar
Otalar, ota mehr-muhabbati, ota duosi va ota siymosi haqidagi ta’sirli she’rlar to‘plami.
Ustozlar haqida she’rlar
Ustozlar, muallimlar va ta’lim bergan insonlar haqida yozilgan ta’sirli she’rlar to‘plami.
Vatan haqida she’rlar
Vatan, yurt, ona diyor va milliy tuyg‘ular haqidagi sara she’rlar to‘plami.